USMSQo‘llanma

Balans va hujjatlar

Narxlar va narxni hisoblash

Amaldagi narxlar — «Narxlar» bo‘limida. Har bir operator (Mobiuz, Beeline, Ucell, Humans, Uzmobile, Perfectum) uchun servis va reklama SMS narxi ko‘rsatilgan.

Kalkulyator

«Narxlar» bo‘limida har bir operatorga nechta xabar yubormoqchi ekaningizni kiriting — kabinet to‘lanadigan summani hisoblaydi va joriy balans nechta SMS’ga yetishini ko‘rsatadi.

Narx nimadan tashkil topadi

Bitta SMS narxi × xabar qismlari soni × qabul qiluvchilar soni. Matn nechta qism egallashi — SMS uzunligi maqolasida.

Har bir yuborishdan oldin kabinet yakuniy summani ko‘rsatadi, shuning uchun ortiqcha pul yechilmaydi.

Yangilangan: 27.09.2026