Hisobotlar va holatlar
Tarqatma holatlari
- Qoralama — tarqatma yaratilgan, lekin boshlanmagan.
- Rejalashtirilgan — xabarlar belgilangan sana va vaqtda yuboriladi.
- Jarayonda — xabarlar operatorlarga uzatilmoqda.
- Pauza — yuborish to‘xtatilgan.
- Ertalabni kutmoqda — reklama tarqatmasi tunga to‘xtatilgan va ertalab o‘zi davom etadi.
- Yuborishni kutmoqda — texnik pauza, yuborish avtomatik davom etadi.
- Mablag‘ yetarli emas — balansda pul yetmadi. Balansni to‘ldiring — tarqatma davom etadi.
- Holatlar tekshiruvi — hammasi yuborildi, operatorlardan yetkazish hisobotlarini yig‘yapmiz.
- Yakunlangan — yuborish va tekshiruv tugadi.
- Bekor qilingan — tarqatma to‘xtatildi, qolgan xabarlar yuborilmaydi.
Yangilangan: 27.09.2026