USMSQo‘llanma

SMS yuborish

Servis va reklama SMS

Servis xabar abonentning harakatiga javob beradi: kirish kodi, buyurtma holati, chek, yozilish haqida eslatma. Qolgan hammasi reklama hisoblanadi. Shablon turini moderatsiya vaqtida mobil operator belgilaydi.

Ularning farqi

  • Narx. Servis va reklama SMS’ning tariflari har xil — «Narxlar» bo‘limiga qarang.
  • Yuborish vaqti. Reklamani faqat 9:00 dan 18:00 gacha yuborish mumkin. Tunga to‘g‘ri kelgan reklama tarqatmasi ertalabni kutadi va avtomatik davom etadi.
  • Rozilik. Reklama — faqat abonentlar xabar olishga rozilik bergan baza bo‘yicha.

Nima taqiqlangan

Alkogol, tamaki, qimor o‘yinlari, moliyaviy piramidalar reklamasi va sotib olingan bazalar bo‘yicha tarqatmalar.

Yangilangan: 27.09.2026