Ishni boshlash
USMS’da ro‘yxatdan o‘tish va ulanish
USMS orqali SMS yuborish uchun ariza qoldirish, pochtani tasdiqlash va shartnoma imzolash kerak.
1-qadam. Ariza
- my.usms.uz/reg sahifasini oching.
- Akkaunt turini tanlang: Mijoz — o‘z mijozlaringizga SMS, push va Telegram-tarqatmalarni o‘zingiz yuborasiz; Reseller — USMS’ga boshqa mijozlarni ulaysiz va ularning to‘lovlaridan keshbek olasiz.
- Familiya, ism, telefon, parol, pochta va kompaniya faoliyatini kiriting.
- Ommaviy ofertaga roziligingizni belgilang va ariza yuboring.
Pochta amalda bo‘lishi kerak: unga tasdiqlash kodlari va kirishni tiklash xabarlari keladi.
2-qadam. Pochtani tasdiqlash
Pochtangizga noreplymail@usms.uz manzilidan 6 xonali kod keladi. Kod 30 daqiqa amal qiladi. Xat kelmasa — «Spam» papkasini tekshiring yoki kodni qayta yuboring.
3-qadam. Tekshiruv va shartnoma
Akkaunt tasdiqlanguncha ham quyidagilar mumkin:
- kabinetga kirish va narxlarni ko‘rish;
- kontaktlar va shablonlarni tayyorlash;
- test API-kalitini chiqarib, integratsiyani tekshirish — pulsiz va haqiqiy yuborishsiz.
Akkaunt tasdiqlangach SMS yuborish, jangovar API-kalit va Telegram-kanal ochiladi.
Yangilangan: 27.09.2026