USMSQo‘llanma

Qo‘shimcha xizmatlar

Yuboruvchi nomi (SMS nik)

SMS nik — raqam o‘rniga yuboruvchi nomi: qabul qiluvchi kompaniyangiz nomini ko‘radi. Nik ulanmaguncha xabarlar 4546 raqamidan keladi.

Arizani qanday berish kerak

  1. Profil → «Qo‘shimcha xizmatlar» → «SMS nik».
  2. Istalgan nik, faoliyat sohasi va tashkilot haqidagi ma’lumotga havolani kiriting.
  3. Tashkilot guvohnomasi yoki litsenziyasini ilova qiling — 5 MB gacha PDF, JPG yoki PNG.
  4. Nikni kelishish kerak bo‘lgan operatorlarni tanlang.
  5. «To‘lash va yuborish» tugmasini bosing. Tanlangan operatorlar bo‘yicha narx darhol balansdan yechiladi.

Nikka talablar

  • lotin harflari, raqamlar va . _ - belgilari;
  • 3 dan 11 gacha belgi;
  • nik kompaniya yoki brend nomiga mos bo‘lishi kerak.

Muddatlar va to‘lov

  • Ariza 1–1,5 oy ko‘rib chiqiladi: har bir operator nik bo‘shligini tekshiradi.
  • Nik har bir operator bilan alohida kelishiladi. Operator uni o‘z yozuvida kelishishi mumkin, masalan CLICK yoki CLICK_ — uning abonentlariga xabarlar shu nom bilan boradi.
  • Operator rad etsa, u uchun to‘langan pul balansga qaytadi.
  • To‘lov ulangan kundan boshlab 30 kun amal qiladi. «Avtoyechish» belgisi bilan nik o‘zi uzaytiriladi, belgisiz — muddat tugagach o‘chiriladi.
  • Perfectum nik ulashni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Yangilangan: 27.09.2026